Ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat yuklamasi kamaytiriladi — Yangi qonun loyihasi

Foto: Illustrativ foto
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining yigʻilishida deputatlar “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi qonuni loyihasi koʻrib chiqdi.
Ushbu qonun loyihasi bilan Milliy gvardiyaga ham maʼmuriy huquqbuzarliklarni koʻrib chiqish vakolati berilmoqda. Shuningdek, jamoat tartibiga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklarni aniqlash borasidagi vakolati ham kengaytirilmoqda va bu boʻyicha Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga bir qator oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Taʼkidlanganidek, qonun loyihasi jamoat xavfsizligini taʼminlashning samaradorligini oshirishga, ichki ishlar xodimlarining xizmat yuklamalarini kamaytirib, ularga aholi bilan koʻproq ishlash imkoniyatini beradi, deyiladi Milliy tiklanish partiyasi xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- Oʻzbekiston Energetika vazirligi va “Gazprom” kompaniyasi oʻrtasida gaz sohasida hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritasi” imzolandi
- Saudiya Arabistonida birinchi Islom sanʼati biyennalesining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring