Ichki ishlar organlari boshliqlarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlarini bilim va koʻnikmalari oshirish izchil davom etmoqda

14:03 30 Noyabr 2022 Jamiyat
300 0

Foto: IIV Axborot xizmati

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda Ichki ishlar vazirligi rahbariyatining topshirigʻiga muvofiq “Tuman (shahar) ichki ishlar organlari boshliqlarining barcha yoʻnalishdagi oʻrinbosarlari bilan qisqa muddatli seminar - trening mashgʻulotlarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi farmoyishiga koʻra, Vazirlik Malaka oshirish institutida Respublika ichki ishlar organlari boshliqlarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari uchun qisqa muddatli seminar - trening mashgʻulotlari oʻtkazilmoqda.

Seminar-trening mashgʻulotlarida xodimlarni “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish - oliy burchimiz” gʻoyasi asosida umumiy dunyoqarashi, siyosiy ongi, maʼnaviy va intellektual salohiyatini yuksaltirishga, shuningdek, ular bilan psixologik muloqotni oʻrnatish hamda tarbiyaviy profilaktik tadbirlarni tashkil etishda hududiy ichki ishlar organlari boshliqlarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlarini kasbiy bilim va koʻnikmalarini oshirishga, maʼnaviy saviyasi va intellektual salohiyatini yuksaltirish hamda boy madaniyatimiz, azaliy qadriyatlar va anʼanalarimizga asoslangan dunyoqarashini kengaytirishga, amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari, dasturlarning mazmun-mohiyatini tizimli ravishda yetkazish, dunyoda va yon-atrofimizda sodir boʻlayotgan globallashuv jarayonlariga nisbatan faol hayotiy pozitsiyasini shakllantirish, burchga sadoqat, fidoyilik tuygʻularini mustahkamlashga qaratilmoqda.

Seminar-trening mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun Vazirlikning tegishli sohaviy xizmatlaridan boy amaliy tajriba va yuqori malakaga ega xodimlari ham jalb etilgan.

Shuningdek, tinglovchilar oʻz xizmat vazifalarini halol, vijdonan, yuqori professional darajada va vakolatlaridan chetga chiqmagan holda bajarishi, har qanday vaziyatda oʻz shaʼni va qadr-qimmatini saqlashi, odob-axloq va etika qoidalariga rioya qilishi, kamtar, xushmuomalada boʻlishi lozimligi ham taʼkidlab oʻtilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер