Ichki ishlar mutasaddisi “divaniy kritik”larga murojaat qildi

13:23 13 Aprel 2020 Jamiyat
893 0

arxiv foto

Blogerman. Ismim Aslan. Menga koʻplab odamlar militsionerlarning zoʻravonligidan shikoyat qilishadi: koʻchada duch kelgan odamni ushlashadi, nomaʼlum avtobusda nomaʼlum joyga olib borishadi, qonunga zid ravishda velosipedlarni olib qoʻyishadi, fuqarolarga qoʻpol munosabatda boʻlishadi, 15 sutkaga qamashadi. Bularning hammasi qachon tugaydi? Siz fuqaro huquqini buzayotganingizni tushunyapsizmi? Bu harakatlar faqatgina halqni gʻazablantiradi va organga nisbatan ishonchsizlikni keltirib chiqaradi. Xalqqa bosim oʻtkazishni toʻxtating! Ushbu savolga Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux Gʻiyosov javob berdi.

“Bloger Aslan orqali, “divanniy kritik”lar, yaʼni uyda oʻtirvolib tanqid qiladiganlarga murojaat qilmoqchimiz!

Huquqbuzarlar hamma yerda bor. Bu muammo faqat bizda emas, butun dunyoda kuzatiladi, yaʼni odamlar tushunishni istamay, tartibga rioya qilmay koʻchaga chiqishadi, tabiiyki ularga nisbatan qatʼiy choralar koʻriladi.

Oʻz-oʻzidan tartibbuzarlarga ichki ishlar xodimlarining qatʼiy choralari yoqmaydi. Biroq ayrim qoidabuzarlarning fikrlari yoki ommaviy chiqishlari ichki ishlar organlarining umumiy ishiga taʼsir oʻtkazmaydi.

Biz doim davlat talablarini xalq nomidan amalga oshiramiz.

Kimnidir majburlash hech kimga yoqmaydi, lekin davlat 34 mln aholi salomatligini muhofaza qilish uchun bu choralarni koʻrishga majbur.

Agar siz tartibga rioya qila olmasangiz yoki istamasangiz, ishontirib aytamanki, biz sizni tartibga rioya etishga majbur qilamiz.

Fursatdan foydalanib, bu qiyin kunlarda ichki ishlar organlari xodimlari harakatlarini xolis baholayotgan fuqarolarga, jumladan, bizni qoʻllab-quvvatlayotgan va asosiysi, aholiga toʻgʻri, ishonchli axborot yetkazayotgan bloger va jurnalistlarga minnatdorlik bildiraman. Bu biz uchun ayni vaqtda haqiqatan juda zarur”, deydi Gʻiyosov.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?