Ichki ishlar xodimlariga yangi uylar kaliti topshirildi

Foto: Xalq so‘zi
Qaysi sohada mehnat qilmasin, uy-joyli kishining har bir kuni unumli kechadi. Chunki uning oilasi, bola-chaqasidan koʻngli toʻq boʻladi. Binobarin, butun oʻy-fikri, kuch-gʻayratini turarjoy tashvishiga emas, suygan ishiga sarflaydi. Shu nuqtayi nazardan Buxoroda 25-oktyabr – Ichki ishlar idoralari xodimlari kuni munosabati bilan sohada faoliyat koʻrsatayotgan 50 nafar xizmatchiga zamonaviy turar-joylar kaliti topshirilgani qoʻshaloq bayramga aylandi.
— Oʻgʻlim Husniddin Safarov el-yurt tinchligini, osoyishtaligini saqlash yoʻlida xizmat qilayotgani bilan faxrlanaman, — deydi Mahbuba Haydarova. — Bugun unga bir guruh safdoshlari qatori yangi uy kaliti topshirildi. Juda xursand boʻldik. Minnatdormiz. Ilohim, xalqimizning boshi toʻydan chiqmasin. Tinchligimizga koʻz tegmasin.
Buxoro shahrining 7- mavzesida qad rostlagan yetti qavatli uy xonadonlarida munosib yashash uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Xususan, turarjoy uchun har bir xodimga Ichki ishlar vazirligi tomonidan uy qiymatining 25 foizi, yaʼni 90 million soʻm miqdoridagi dastlabki mablagʻ toʻlab berilgani ayni muddao boʻldi. Aynan shu maqsad yoʻlida 4 milliard 500 million soʻm mablagʻ sarflandi. Yangi uylar kalitini topshirishga bagʻishlab oʻtkazilgan tantanali marosimda bu dalil davlatimizning soha xodimlariga koʻrsatayotgan eʼtibor va gʻamxoʻrligi ifodasi ekani taʼkidlandi.
Tadbirda Buxoro viloyat hokimi B. Zaripov ishtirok etdi.
Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- Oʻzbekiston Energetika vazirligi va “Gazprom” kompaniyasi oʻrtasida gaz sohasida hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritasi” imzolandi
- Saudiya Arabistonida birinchi Islom sanʼati biyennalesining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring