“Ichki ishlar xodimlari kaltaklaganmi yoki “mototsikldan yiqilgan”mi” nomli xabarga Ombudsman rasmiy munosabat bildirdi

Joriy yilning 23-oktyabr kuni Oʻzbekiston Inson huquqlari “Huquqiy tayanch” jamoat birlashmasi Matbuot guruhining facebook ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida “Ichki ishlar xodimlari kaltaklaganmi yoki “mototsikldan yiqilgan”mi” sarlavhali xabar keng tarqaldi. Unda mahbus A.E.ga nisbatan ichki ishlar xodimlari tomonidan qiynoqlar qoʻllanilgani oqibatida gumonlanuvchining uchta qovurgʻasi singani va tana qismida jarohat izlari mavjudligi aytilgan.
Ushbu xabarga aniqlik kiritish maqsadida, Ombudsmanning Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakili Diyor Husanov 23 otyabr kunining oʻzida Samarqand viloyatidagi 7-son Tergov hibsxonasiga borib, mahbus A.E. bilan holi tarzda uchrashdi.
Suhbat davomida mahbus A.E. xabarda koʻrsatilgan holatlarni tasdiqlab, unga nisbatan tan jarohati yetkazilganligini maʼlum qildi va holat oʻrganilib, tegishli xodimlarga nisbatan qonuniy chora koʻrilishida amaliy yordam soʻrab Ombudsman nomiga murojaat qildi.
Oʻrganish davomida mahbusning tibbiy holatiga oid maʼlumotlar ham olindi.
Mahbus A.E.ning murojaati va yuqorida qayd etilgan xabarlar yuzasidan tekshiruv har tomonlama, toʻliq va qonuniy oʻtkazilishini boʻyicha Ombudsman nomidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga murojaat qilindi.
Eslatib oʻtamiz, “Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qiynoqqa solish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qaroriga muvofiq, Ombudsman huzuridagi Qiynoq holatlarini aniqlash va ularning oldini olish boʻyicha jamoatchilik guruhlariga qiynoqqa solish holatlarini aniqlash hamda ularni tezkor bartaraf etish boʻyicha talabnomalarni tegishli davlat organiga taqdim qilish va qiynoqqa solish holatlari toʻgʻrisidagi murojaatlarni koʻrib chiqishda ishtirok etish kabi vazifalar yuklatilgan.
Yuqoridagi holat yuzasidan jamoatchilikka batafsil maʼlumot taqdim etilishi maʼlum qilinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- Davlat rahbari yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatladi
- Oʻzbekiston Energetika vazirligi va “Gazprom” kompaniyasi oʻrtasida gaz sohasida hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritasi” imzolandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring