Ichki ishlar akademiyasida yangi o’quv markazi ochiladi
Xitoy hukumati O’zbekistonga 22 million AQSh dollari miqdorida grant ajratdi. Bu mablag’lar O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasida o’quv markazi yaratishga yo’naltiriladi.
Grant mablag’lari O’zbekiston va XXR hukumatlari o’rtasida texnik-iqtisodiy hamkorlik to’g’risida imzolangan Bitim doirasida berildi. Bu haqida O’zbekiston Investitsiyalar bo’yicha davlat qo’mitasi matbuot-xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, o’quv markaziga “Ichki ishlar organlari navbatchilik qismi”, “Xavfsiz shahar”, “Tergovchining o’quv-konsultativ portali” interaktiv dasturiy komplekslari o’rnatiladi. Shuningdek, u erga shahar va transport infratuzilmasi ob’ektlari, metro vagoni qismlari, samolyot maketlari mavjud o’quv-imitatsiya xonalaridan iborat maxsus poligon joylashtiriladi.
Eslatib o’tamiz, davlatimiz rahbari o’tgan yil may oyida Xitoy aerokosmik ilmiy-sanoat korporatsiyasi (CASIC) rahbariyati bilan muzokaralar o’tkazgandi. O’shanda tomonlar Toshkent va O’zbekiston hududlarida “Xavfsiz shahar” videokuzatuv tizimini joriy etish bo’yicha hamkorlik qilish masalalarini ham muhokama qilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring