Ichki bozor 25 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari importiga bogʻliq boʻlib qolmoqda

17:40 05 Sentyabr 2022 Siyosat
517 0

Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini taʼminlash va zaxirasini yaratish masalalari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boshlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Yigʻilishda Andijon, Buxoro, Xorazm viloyatlari bu yerlardan samarali foydalanib, 3-martagacha hosil olib, ichki bozorni taʼminlash bilan birga eksportini 1,5 baravarga oshirgani taʼkidlandi.

Islohotlar natijasida respublikada parranda goʻshti, tuxum, baliq, guruch mahsulotlari bilan taʼminlash darajasi ancha yaxshilandi.

Misol uchun, soʻnggi 3 yilda: 

— baliq yetishtirishni Andijon 4 ming tonnadan 25 ming tonnaga, Buxoro 3,5 ming tonnadan 23 ming tonnaga oshirgan;

— parranda goʻshtini Samarqand 22 ming tonnadan 100 ming tonnaga, Toshkent viloyati 31 ming tonnadan 90 ming tonnaga yetkazgan;

— tuxum ishlab chiqarishni Sirdaryo 127 million donadan 200 million donaga, Namangan 480 million donadan 700 million donaga, Fargʻona 350 million donadan 600 million donaga koʻpaytirib, toʻliq oʻzini-oʻzi taʼminlayapti.

Lekin, ayrim viloyat hokimlari bu ishlarni toʻgʻri tashkil qila olmagani qayd etildi.

“Nima, bu viloyat hokimlari hududiga qancha oziq-ovqat yetishmasligi, qancha import kirayotganini bilmaydi-mi?”, deya savol qoʻydi Prezident.

Ichki bozor 25 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari importiga bogʻliq boʻlib qolayotgani qayd etildi.

Prezidentimiz bu holatni qattiq tanqid qilib, mutasaddilarga viloyat, tuman va shahar hokimlari bilan birga bir oy muddatda ushbu 25 turdagi import mahsulotlarini oʻzimizda ishlab chiqarib, koʻpaytirish boʻyicha loyiha paketlarini taqdimot qilib, hukumat qarorini chiqarish topshirildi.

Kelgusi yil olti oy yakuni bilan bu borada oʻzgarish qilmagan viloyat hokimlari ishdan olinishi koʻrsatib oʻtildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер