“Ibratli oila” koʻkrak nishoni oʻz egalariga topshirildi

Jahongir BOYMURODOV/“Xalq soʻzi”. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 2-sentyabrdagi tegishli qarori bilan “Ibratli oila” koʻkrak nishoni taʼsis etilgan edi. Joriy yilda Qashqadaryo viloyatidan ham oilaviy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirishga munosib hissa qoʻshib kelayotgan, oʻzining halol mehnati, farzandlar tarbiyasidagi yutuqlari bilan koʻpchilikka oʻrnak boʻlayotgan 158 ta oila “Ibratli oila” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.
Viloyat hokimligida oʻtkazilgan tadbirda koʻkrak nishonlari hamda pul mukofotlari oʻz sohiblariga tantanali ravishda topshirildi.
Taqdirlanganlar orasida mirishkorlik Toʻraqul bobo Nusratov ham bor. Bu yil 75 yoshni qarshilagan otaxon turmush oʻrtogʻi hamda farzandlari bilan birgalikda oʻzining 10 sotix tomorqasini chinakam xazinaga aylantirgan.
— Har yili tomorqaga toʻqsonbosti usulda sarimsoqpiyoz ekib, 1,5 tonna atrofida hosil olamiz, — deydi u. — Yer boʻshashi bilan oʻrniga kartoshka, shirin makkajoʻxori yoki shunga oʻxshash mahsulotlar ekamiz. Bu ham yaxshi daromad keltiradi. Qirqqa yaqin sogʻin sigirimiz, 200 ga yaqin parranda, qoʻy, echki, hammasidan bor. Har kuni uyimizdan bozorga sut, qatiq, tuxum, goʻsht va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlari chiqishi toʻxtamaydi. Mehnatimiz ortidan daromadimiz yaxshi, hayotimiz farovon. Bugun “Ibratli oila” koʻkrak nishoni bilan taqdirlanishim butun oilamiz uchun juda katta voqeylik, faxr va iftixor boʻldi. Toʻgʻrisi, hozir qalbimda kechayotgan tuygʻularni hech bir soʻz bilan ifoda etib bera olmayman.
Shuningdek, tantanali marosimda bunday eʼtibor va eʼtirofdan ilhomlangan namunali oila vakillari soʻz olib, yurtboshimizga oʻz minnatdorchiliklarini izhor etishdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
- Shomurodovning koʻz yoshlari, Fayzullayevning raqsi va muxlislar hayqirigʻi — Mundial eshiklarini ochgan oʻyindan fotoreportaj
- Toshkent davlat tibbiyot universitetining “Bitiruvchi – 2025” tantanali marosimi boʻlib oʻtdi
- “JCH-2026”ga Osiyodan toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanmani qoʻlga kiritgan terma jamoalar maʼlum
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring