Ibrat maktab-internati bitiruvchilarining barchasi OTMlarga oʻqishga qabul qilindi

15:48 05 Oktyabr 2020 Jamiyat
202 0

Toʻraqoʻrgʻondagi Ibrat nomli xorijiy tillarga ixtisoslashgan maktab-internatini bu yil tugallagan 40 nafar bitiruvchining barchasi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilindi.

— Oʻquvchilarimizning 19 nafari birgina Oʻzbekiston jahon tillari universitetiga test imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirib, yuqori koʻrsatkichga erishdilar, — deydi muassasa direktori Gulchehra Qayumova. — Shuningdek, mamlakatimizdagi universitet, institutlar hamda xalqaro OTMlarning respublikamizdagi filiallari talabasiga aylangan yigit-qizlarimiz ham koʻp.

Eʼtiborlisi, Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu maktab-internat bitiruvchilarining xorijiy tillar yoʻnalishidagi OTMlarda oʻqish davri davlat byudjeti hisobidan moliyalashtiriladi. Yaʼni, ular davlat granti asosida oʻqiydilar.

Qudratilla NAJMIDDINOV,
“Xalq soʻzi” muxbiri.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?