I MDH oʻyinlari: bu safar bokschi oʻsmir yigitlardan yorqin natijalar — 4 ta oltin va 2 ta kumush

21:21 05 Sentyabr 2021 Sport
945 0

5-sentyabr kuni “Qozon — 2021” Birinchi MDH oʻyinlari doirasida oʻtkazilayotgan bahslarda 48 kg.gacha boʻlgan vaznda bokschimiz Javohir Kuysinov finalda rossiyalik raqibi Artyom Tamrazyanga qarshi jang olib bordi va oʻsmir yigitlar oʻrtasidagi boks bellashuvining ilk oltin medalini qoʻlga kiritdi.

Yana bir hamyurtimiz 50 kg.gacha ogʻirlikda Sayat Ilyasov ham rossiyalik raqibi Artyom Nazarovga qarshi hal qiluvchi bahsda ishonchli harakat qilib, shohsupaning eng yuqori qismidan joy oldi.

Delegatsiyamizga uchinchi oltinni 54 kg vazn toifasida ringga chiqqan hamyurtimiz Farrux Toʻlaganov keltirdi. U armanistonlik raqibi Gayk Tadevosyanga qarshi kechgan shiddatli bahsda gʻalaba qozondi hamda birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.

63 kg.gacha boʻlgan vaznda esa Bunyodjon Amirov rossiyalik Semyon Stepanovni finalda bir ochko farqi bilan ortda qoldirdi va navbatdagi oltin medalni qoʻlga kiritdi.

46 kg.gacha boʻlgan vaznda Ilhomjon Ergashev va 57 kg.gacha ogʻirlikda Qahramonjon Fozilov kumush medal sohibi boʻldilar. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?