Hujjatlari boʻlmagan 10 ming quti dorini 13 ming AQSH dollariga sotilayotgan huquqbuzarlar ushlandi
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament
Bosh prokuratura huzuridagi Departament Toshkent shahrida dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxslarni qoʻlga tushirdi. Bu haqda Departamentning xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tumani boʻlimi va DXX xodimlari hamkorligida dori vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldini olish maqsadida oʻtkazilgan tezkor tadbirda qonunbuzarlik holati aniqlangan.
Qayd etilishicha, fuqaro N.K. va boshqalar tegishli sifatini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlmagan umumiy bahosi 199 million soʻmlik xorijda ishlab chiqarilgan 10 ming quti “LEVOMER 500ig” nomli dori vositasini fuqaro M.X.ga 13 ming AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni oʻtkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, deyiladi xabarda.
Avvalroq, Nodirbek Abdusattorov yana Magnus Karlsenga qarshi dona surishi maʼlum boʻlgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Bollivud yulduzi Mumbaydagi uyida pichoqlab ketildi
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- HAMAS va Isroil oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi
- Bir xum tilla topib olindi. Ushbu xazinada Gʻarbiy Rim imperiyasi imperatorining suratlari tushirilgan 141 dona oltin tanga bor
- Poykentdan Oʻrta Osiyoda eng qadimiy sanalgan metall qurollar topildi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring