“Huquqiy avtokarvon“: davlat xizmatlari aholiga yaqinlashmoqda
Mirzaobod tumani adliya boʻlimi tomonidan “Huquqiy avtokarvon” loyihasi doirasida “Oqoltin“ mahallasida sayyor qabul oʻtkazildi.
Tadbir davomida fuqarolarning murojaatlari oʻrganib chiqildi. Shuningdek, kiberjinoyatlarni oldini olish, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish hamda yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz ning imkoniyatlari yuzasidan tushunchalar berildi.
Sayyor qabul jarayonida 10 nafar fuqaroga sanatoriyda davolanish uchun navbat olish, kredit rasmiylashtirishga taqiq qoʻyish, kadastr pasportini shakllantirish, soliq qarzdorliklari mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma olish hamda boshqa xizmat turlari boʻyicha sayyor davlat xizmatlari koʻrsatildi.
—Aholiga huquqiy yordamni yanada yaqinlashtirish, davlat xizmatlaridan foydalanishda qulaylik yaratishda “Huquqiy avtokarvon” loyihasi muhim ahamiyat kasb etmoqda,—deydi Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi masʼul xodimi Dilnoz Umrzoqova. —
Mazkur loyiha orqali adliya organlari xodimlari mahallalarga chiqib, aholi bilan ochiq muloqot oʻtkazmoqda, ularni qiynayotgan muammolar joyida oʻrganilayotir va huquqiy masalalar boʻyicha tushuntirishlar berilmoqda hamda davlat xizmatlari koʻrsatilayotir. Bu loyiha, ayniqsa, chekka va olis hududlarda yashovchi fuqarolar uchun katta qulaylik yaratmoqda.
Maʼlum qilinishicha, joriy yil boshidan buyon 50 dan ortiq mahallada “Huquqiy avtokarvon” loyihasi doirasidagi tadbirlar tashkil qilindi. Ushbu tadbirlar davomida 100 ga yaqin huquqiy muammolar aniqlanib, ularning yechimi yuzasidan amaliy yordam berildi, shuningdek, 215 nafar fuqaroga sayyor davlat xizmatlari koʻrsatildi.
Ahmadali ShERNAZAROV, “Xalq soʻzi“.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
- Sohibqironning bolalik va oʻsmirlik davrlariga bagʻishlangan “Temurbek” nomli tarixiy qissa taqdimot qilindi (+fotoreportaj)
- Surxondaryoda 3 ming yillik shahar qoldiqlari topildi
- Amir Temur xotirasiga yuksak ehtirom koʻrsatildi
- Telegram bir sutka ichida 100 mingdan ortiq kanal va guruhlarni blokladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring