Hunar – tuganmas xazina

Foto: Xalq so‘zi
Fargʻona viloyati Bagʻdod tumanida faoliyat yuritayotgan “Zolotaya dolina” masʼuliyati cheklangan jamiyatida hunarmandchilik mahsulotlari, xususan, savat va chelak eksporti yoʻlga qoʻyilgan.
Korxona ish yurituvchisi Nasrullo Gʻoziyevning maʼlum qilishicha, ayni paytda Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi savdo hamkorlariga har oyda 10 ming dona chelak yuborilmoqda. Oʻzaro kelishuv asosida 500 dona savat ham tayyorlab qoʻyildi. Shu bilan birga 7 ming dona savat uchun xorijdan buyurtma bor.
— Ayni paytda mahallamizdagi ushbu korxona faoliyatini kengaytirish, doimiy ish oʻrinlarini koʻpaytirishni maqsad qilganmiz, — deydi “Chekxitoy” MFYda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha hokim yordamchisi Nurmatjon Gʻoziyev. — Savatsozlikni yoʻlga qoʻyish uchun birinchi navbatda xomashyo manbaini yaratish kerak. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan dehqon xoʻjaliklari tashkil qilish uchun mahallamiz aholisiga jami 10 gektar yer taqsimlab berilishi kutilmoqda. Tadbirkorlar bilan kelishib ana shu yer maydonlarida Amerika va Xitoy toli qalamchalarini ekishni rejalashtiryapmiz. Savat toʻqish uchun tolning xuddi shu navi parvarish qilinadi va tol navdalari bir yilda pishib yetiladi.
Shu tariqa mahallada savatsozlikni rivojlantirish orqali kamida yuzta xonadon uchun qoʻshimcha daromad manbaini yaratish mumkin. Chelak tayyorlash bilan esa 10 nafar hunarmand yilning toʻrt faslida ham band boʻladi.
Bagʻdod tuman hokimi Yusufjon Xusainov mazkur mahallada boʻlib, eksportyor korxona faoliyati bilan yaqindan tanishar ekan, xorijga yuborilayotgan mahsulotlarni tayyorlashda mahalliy hunarmandlar ulushini oshirish lozimligini taʼkidladi. Buning uchun tadbirkorlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish borasida kelishib olindi.
Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abror Bakirov vafot etdi
- Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
- Gruziyada dzyudo boʻyicha navbatdagi musobaqa boʻlib oʻtadi
- Oksana Chusovitina Jahon kubogida kumush medalga sazovor boʻldi
- Toshkentda kriket boʻyicha trenerlar tayyorlashning ikkinchi bosqich oʻquv-seminari oʻtkazilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring