“Humo Air” ilk parvozlarini amalga oshirdi
Shu yil 15-dekabrdan boshlab “Humo Air” loukoster aviakompaniyasi poytaxtdan Oʻzbekiston shaharlariga muntazam qatnovlarni amalga oshira boshladi.
Dastlabki reyslarning amalga oshirilishi munosabati bilan Toshkent aeroportida tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi, unda vazirlik va idoralar, “Uzbekistan Airports”, “Humo Air” aviakompaniyasi vakillari, jurnalistlar, blogerlar va aviaspotterlar ishtirok etdi.
Bugun mahalliy vaqt bilan soat 06:41 da Toshkent - Nukus yoʻnalishi boʻyicha birinchi reys amalga oshirildi. Kun davomida poytaxtdan Qarshi, Samarqand va Urganch aeroportlariga ham parvozlar amalga oshirildi.
Haftaning boshqa kunlarida aviakompaniya Navoiy, Termiz, Buxoro va Fargʻona shaharlariga ham parvozlarni rejalashtirmoqda. Aviakompaniya xabar berishicha, ichki yoʻnalishlarga chiptalar narxi 159 ming soʻmdan boshlanadi.
Aviakompaniya tomonidan 2024-yilda Olma-ota, Istanbul va Dubay kabi shaharlarga xalqaro reyslarni yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Maktablarda yangi o’quv yili boshlandi — Fotoreportaj
- Soliq inspeksiyasi xodimi 2 sinf oʻquvchilaridan nimani xohlaydi (video)?
- “Mutlaqo yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan holat!”: Davlat soliq xizmati va Bolalar ombudsmani Qashqadaryodagi holatga munosabat bildirdi
- Talabalar diqqatiga: ijara pulining bir qismini qoplab berish boʻyicha onlayn ariza berish boshlandi
- Qirgʻiziston-Oʻzbekiston chegarasidagi uzoq yildan beri yopiq turgan nazorat-oʻtkazish punkti ochiladi
- Innovatsion ishlanmalar va ilg‘or texnologiyalar namoyishi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring