Human Rights Watch tashkiloti Oʻzbekiston hukumatining muloqotga ochiqligini olqishlaydi

Oʻzbekistonning Vashingtondagi diplomatik vakolatxonamiz rahbari Javlon Vahobov Amerikaning Human Rights Watch
inson huquqlari tashkilotining Yevropa va Markaziy Osiyo boʻlimi direktori Xyu Uilyamson bilan uchrashdi.
Bu haqda Oʻzbekistonning AQSHdagi elchixonasi “Xalq soʻzi”ga maʼlum qildi. Uchrashuvda konstitutsiyaviy islohotlarning mazmun-mohiyati, Konstitutsiyaga taklif etilayotgan oʻzgartirishlarning ahamiyati tashkilot vakiliga atroflicha tushuntirildi. Xususan, oʻzgartirishlar boʻyicha jamoatchilik muhokamasi uchun ochiq jarayonni taʼminlash boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar haqida maʼlumot berildi.
Shuningdek, muloqotda Qoraqalpogʻistonda yuz bergan voqealarning asl sabablari, gijgijlovchilarning koʻzlagan maqsadlari, ular tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar, shuningdek, oqibatlari haqida ham soʻz boradi. Hukumat tomonidan hududdagi vaziyatni barqarorlashtirish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar, xususan, favqulodda holat joriy qilish sabablari ham haqida qayd etildi.
X.Uilyamson Oʻzbekiston hukumatining ushbu masala boʻyicha muloqotga ochiqligi uchun minnatdorlik bildirdi va voqea holatlari boʻyicha keng qamrovli va oshkora tergov oʻtkazish qatʼiyatini olqishladi.
Human Rights Watch vakili ushbu voqealar oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha keyingi harakatlar Oʻzbekistonda demokratik islohotlar uchun hal qiluvchi sinov boʻlishini yana bir bor taʼkidladi.
Inson huquqlari tashkiloti vakili, shuningdek, Qoraqalpogʻistonda internetdan toʻliq foydalanishni qayta tiklash muhimligini, uning soʻzlariga koʻra, bu odamlar oʻrtasidagi muloqot va axborotning erkin oqimini taʼminlashini taʼkidladi. X.Uilyamsonning fikricha, bu ham turli shov-shuv va mish-mishlarning tarqalishini toʻxtatishga yordam beradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
- Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida
- AQSH Ukraina uchun tinchlik rejasining asosiy elementini maʼlum qildi
- Poytaxt ehtiyojini taʼminlash uchun quvvati 2 ming 400 megavattli 4 ta yirik quyosh stansiyalari barpo etiladi
- Shvetsiya parlamenti Ukrainaga 600 million dollarlik harbiy yordam ajratishni maʼqulladi
- Donald Trampning hibsga olinish xavfi maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring