Hududlarni suv bilan taʼminlash koʻlami ortdi

Garchi mamlakatimizda kuz-qish mavsumi hukm surayotgan boʻlsa-da, aholi farovonligini oshirish maqsadida olib borilayotgan ishlar bir soniya ham eʼtibordan chetda qolgani yoʻq. Jumladan, Xoʻjaobod tumanidagi “Andijon” MFYda aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash ishlariga yakun yasaldi.
— Buning uchun mahalla boʻylab yangi suv tarmogʻini tortish, 4 ta koʻchadagi tarmoqni asosiy tarmoqqa ulash va suv qudugʻiga yangi nasos oʻrnatish ishlari olib borildi, — deydi “Andijon suv taʼminoti” MCHJ tuman boʻlimining rahbari Baxtiyorjon Komilov.
Olib borilgan ishlar natijasida mahalladagi 110 ta xonadonda istiqomat qiluvchi 400 nafar aholining toza ichimlik suviga boʻlgan ehtiyoji qondirildi.
Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondan sovuq havo qachon chekina boshlaydi?
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- Surxondaryo viloyat hokimligi binosida AKT xodimi kaltaklangani haqidagi xabarga munosabat bildirildi
- Prezidentga sheʼr oʻqib bergan talaba Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring