Hududlarda yurishim, har kungi harakatlarimdan maqsad — odamlarni rozi qilish, aholi jon boshiga daromadni koʻpaytirish — Shavkat Mirziyoyev

16:39 07 Oktyabr 2021 Siyosat
588 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo tumani “Shirin” mahallasida yashovchi Doniyor Yoʻldoshev xonadonida boʻlib, oilaning turmush sharoitlari bilan tanishdi.

Bu uy yurtimizdagi obod hovlilardan biri. 10 sotix tomorqada mevali va manzarali daraxtlar, sabzavotlar ekilgan. 30 bosh naslli kurka boqilib, bir yilda 25 million soʻmgacha qoʻshimcha daromad olinmoqda.

Davlatimiz rahbari bu saʼy-harakatlarni maʼqullab, mana shunday obod xonadonlar koʻpayishi kerakligini taʼkidladi.

— Hududlarda yurishim, har kungi harakatlarimdan maqsad — odamlarni rozi qilish, aholi jon boshiga daromadni koʻpaytirish. Ilgari chetga xomashyo sotardik. Hozir hammasini mamlakatimizda qayta ishlab, tayyor mahsulot chiqaryapmiz. Korxonalar ochilyapti, yoshlarimiz, xotin-qizlarimiz ishli boʻlyapti. Bundaylar koʻpayishi, buning uchun rivojlanish mahallada boʻlishi kerak. Mahalla yaxshi boʻlsa, davlat kuchli boʻladi. Yoshlarni bilimli, aqlli qilib tarbiyalasak, oʻz yoʻlini, ishini topadi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Yurtimizga tinchlik, farovonlik tilab, duo qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?