Hududlarda yoshlarni eksport bozorlariga chiqishga koʻmaklashadigan tizim yaratishimiz shart va zarur — Shavkat Mirziyoyev

15:41 29 Iyul 2022 Siyosat
530 0

Foto: president.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Astrum” akademiyasida IT sohasi vakillari bilan muloqot qilmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Shuningdek, Prezidentimiz barcha vazirlar, hokimlar va tarmoq rahbarlari, oliygohlar rektorlari raqamlashtirishni birinchi navbatdagi vazifalar qatoriga olib chiqishi lozimligini taʼkidladi.

Bu borada adliya, mehnat, oliy va xalq taʼlimi vazirliklari, soliq, bojxona idoralari, Navoiy kombinati, “Avtosanoat”, “Sanoat qurilish banki”da raqamlashtirish boʻyicha natijalar borligi qayd etildi.

Lekin, Transport, Energetika vazirliklari, Veterinariya qoʻmitasi, “Uzbekistan Airports”, “Temir yoʻllari”, «Agrosugʻurta»da ishlar ahvoli sust.

«Xorijiy korxonalar yoshlarimizga ishonch bildirib, joriy yilning oʻzida 100 million dollarlik xizmatlarga buyurtma bergan. Lekin, mahalliy korxonalarimiz buyurtmalari bundan ancha kam.

Bundan tashqari, hududlarda yoshlarni eksport bozorlariga chiqishga koʻmaklashadigan tizim yaratishimiz shart va zarur», dedi Prezident soʻzining yakunida.

Soʻng soʻz AKT vaziri Sherzod Shermatovga berildi. Vazir sohadagi muammo va takliflar yuzasidan axborot berdi. Ayni paytda davlatimiz rahbari soha vakillari bilan ochiq fikr almashmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?