Hududlarda 21 ta tumanlararo qoʻshma shikastlanish va oʻtkir qon-tomir kasalliklari markazlari tashkil etildi
Foto: president.uz
Prezident raisligida tez tibbiy va shoshilinch yordam xizmati faoliyatini takomillashtirish boʻyicha videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Shuningdek, tez yordam podstansiyalari soni 800 tadan 1 666 taga, tibbiy yordam brigadalari esa 1 890 tadan 2 695 taga yetkazildi. Natijada tez yordamning kechikishlari shaharlarda 10 baravarga qisqardi.
Hududlarda 21 ta tumanlararo qoʻshma shikastlanish va oʻtkir qon-tomir kasalliklari markazlari tashkil etildi (yil yakuniga qadar markazlar soni 35 taga yetkaziladi).
Misol uchun, “Qamchiq” dovonidagi avtohalokatlarda ogʻir tan jarohati olgan bemorlar oldinlari 100 kilometr masofani bosib, Toshkent va Namangan shahridagi shoshilinch markazlarga olib borilgan.
Angren shahri va Pop tumanida ochilgan markazlar hisobiga oʻtgan 3 oyning oʻzida bosh miyada 80 ga yaqin shoshilinch murakkab operatsiyalar oʻtkazildi.
Yoki, Qoʻrgʻontepa tumanida tashkil etilgan markazda oʻtkir yurak qon-tomir kasalliklari boʻyicha 68 nafar bemorga shoshilinch operatsiyalar oʻtkazilib, ularning hayoti saqlab qolindi. Oldinlari bu operatsiyalar faqat Andijon shahrida boʻlgan.
Lekin Shahrisabz, Kasbi, Sirdaryo tumanlarida bunday markazlarni tashkil etish ishlari sust kechmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring