Hududlararo tajriba almashinuvi: Kengashlar faoliyatida yangi bosqich
Davlatimiz rahbarining 2025-yil 23-iyundagi PF-98-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan 2030-yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasi ijrosi doirasida mahalliy Kengashlar oʻrtasidagi hamkorlik aloqalari yangi surʼat kasb etmoqda.
Shu kunlarda xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi raisi Uktamjon Axunov boshchiligidagi delegatsiya aynan mana shunday tajriba almashish maqsadida Jizzax viloyatida boʻldi. Tashrif doirasida mehmonlarni Jizzax viloyati hokimi Ulugʻbek Mustafoyev qabul qilib, ikki hudud oʻrtasidagi hamkorlik nafaqat ijroiya hokimiyati, balki vakillik organlari yoʻnalishida ham muhim natijalar berishini taʼkidladi.

Uchrashuvlar davomida deputatlar va kotibiyat mudirlari sessiyalar va komissiya majlislarini oʻtkazishning zamonaviy tajribalari, ijro hokimiyati ustidan deputatlik nazoratini samarali tashkil etish, saylovchilar muammolarini bevosita mahallabay hal etish mexanizmlari boʻyicha Jizzax tajribasini oʻrganishdi.
Taʼkidlash joizki, 2025-yilda boshlangan ushbu amaliy muloqotlar 2026-yilda ham izchil davom ettirilmoqda. Bundan koʻzlangan asosiy maqsad – aholi muammolarini tezkor hal etishda deputatlik korpusining masʼuliyatini kuchaytirish va mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini xalqaro standartlar darajasiga olib chiqishdir.
Tolibjon ERGASHEV,“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Berlinda Navroʻz: Yangi Oʻzbekiston madaniyatining jahon sahnasidagi munosib taqdimoti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring