Hududiy oʻrmon xoʻjaliklariga zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikalari tarqatildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-noyabrdagi “Respublikada yashillik darajasini yanada oshirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish orqali ekologik barqarorlikni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonida oʻrmon xoʻjaliklarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash belgilangan.
Ushbu farmonga asosan Ekologiya vazirligi hamda Oʻrmon xoʻjaligi agentligi tomonidan oʻrmonlar barpo etish, qayta tiklash va oʻrmon yongʻinlariga qarshi kurashish tadbirlari uchun maxsus texnikalarni sotib olish, xoʻjaliklarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun 2024 – 2026-yillarda respublika byudjetidan talab etiladigan zarur mablagʻlar ajratilmoqda.

Shunga muvofiq, 2025-yilda respublika byudjetidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan 81 ta qishloq xoʻjaligi texnikalari – 15 ta traktor, 55 ta kultivator, 6 ta mini ekskavator va 5 ta suv tashuvchi avtomashina xarid qilindi.
Ushbu texnikalarning barchasi “Toshkent traktor zavodi”, “Samarqand avtomobil zavodi” hamda Xorazmdagi “UzXCMG” kabi mahalliy korxonalarda ishlab chiqarilgan.
Bugun Toshkent shahridagi Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazida ushbu texnikalar hududiy davlat oʻrmon xoʻjaliklariga tarqatildi. Tadbirda oʻrmon xoʻjaligi agentligi direktori Erkin Muhiddinov, Agentlikning masʼul rahbar va xodimlari, hududiy davlat oʻrmon xoʻjaliklari xodimlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirni E. Muhiddinov kirish soʻzi bilan ochib, sohada amalga oshirilayotgan soʻnggi oʻzgarishlar haqida toʻxtalib, davlatimiz tomonidan oʻrmon xoʻjaliklari moddiy-texnik bazasini yaxshilashga qaratilayotgan yuksak eʼtiborni eʼtirof etdi.
“Bilamizki, yurtimizda ekologik barqarorlikni taʼminlashda oʻrmonlarning oʻrni katta. Shu maqsadda oxirgi yillarda oʻrmon xoʻjaligi sohasida samarali loyihalar amalga oshirilmoqda. Bu esa tizimda mehnat qilayotgan har bir xodimga yanada masʼuliyat yuklaydi. Prezidentimizning bevosita eʼtibori bilan bugun hududlarga zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikalarining berilayotgani soha xodimlariga yanada masʼuliyat yuklaydi. Yanada kuch-gʻayrat va shijoat bilan ishlashga undaydi”, – dedi E. Muhiddinov.

Zamonaviy texnikalar yongʻinga qarshi kurashish, terassa usulida oʻrmonlar barpo etish, koʻchat ekish va ekilgan koʻchatlarni sugʻorish uchun moʻljallangan. Endilikda respublika hududlarida ushbu maxsus texnikalar yordamida yashillik darajasini yanada oshirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasini keng koʻlamda davom ettirish orqali ekologik barqarorlikni taʼminlash imkoniyati yanada kengayadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Isroil zarbalari oqibatida Gʻazoda 90 dan ortiq kishi halok boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring