Hozirgi kunda eng samarali vaksina qaysi davlatda ishlab chiqarilyapti? — dolzarb savollarga aniq javoblar

08:03 10 Aprel 2021 Jamiyat
856 0

Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi Sevara Ubaydullayeva dolzarb savollarga javob berdi.

Savol: Hozirgi kunda eng samarali vaksina qaysi davlatda ishlab chiqarilyapti?

Javob: Eng samarali vaksinalar JSSTning rasmiy roʻyxatidan oʻtgan vaksinalar hisoblanadi. Dunyoning koʻpgina davlatlarida 100 dan ortiq vaksinalar ishlab chiqilmoqda, lekin samaradorligi, xavfsizligi va sifati koʻrsatkichlari boʻyicha JSST ning rasmiy roʻyxatidan hamma vaksina ham oʻtmagan.

Savol: Xorijda vaksina qabul qilgan fuqaroga berilgan maʼlumotnoma Oʻzbekistonda tan olinadimi?

Javob: Chet elda vaksina toʻliq bosqichlarini olib, emlanganlik sertifikati olingan boʻlsa bu fuqarolar Oʻzbekistonda emlanishi shart emas. Bunday hollarda, tibbiyot muassasalari xodimlariga mazkur sertifikat taqdim etiladi va emlanganlar roʻyxatiga kiritiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?