Homilador va emizikli ayollar nima uchun koronavirusga qarshi emlanmayapti?

15:11 02 Avgust 2021 Jamiyat
339 0

Matbuot anjumanida Innovatsion rivojlanish vaziri oʻrinbosari Shahlo Turdiqulova homilador va emizikli ayollar nima uchun emlanmayotganini tushuntirdi.

«Buning asosiy sababi — koronavirusga qarshi vaksinalarning klinik sinovlari homilador va emizikli ayollarda oʻtkazilmagan. Chunki Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti talabiga koʻra, klinik sinovlar aholining qaysi qatlamida oʻtkazilgan boʻlsa, vaksinalar ham oʻsha qatlam orasida qilinishi lozim.

Bundan tashqari, bugungi kunda bu borada butun dunyo olimlari, xususan, oʻzimizda ham emizikli ayollarni emlash boʻyicha oʻrganishlar olib borilmoqda. Masalan, emizuvchi hayvon — sigirlarda vaksinalar sinovdan oʻtkazildi, hozircha hech qanday nojoʻya taʼsir sezilmadi. Emlangan sigir sutida antitanachalar topildi. Bu — emizuvchilar emlangan taqdirda, kasallikka qarshi immunitet uning bolasiga ham oʻtadi, degani.

Oʻylaymanki, keyingi bosqich sinovlarda emizikli ayollarga ham qoʻllash mumkin. Hozirgacha boʻlgan tadqiqotlar nojoʻya taʼsiri yoʻq ekanini koʻrsatmoqda», dedi u.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?