Hokimlik sotuvchi ayolning bozordan kuch bilan olib ketilganiga izoh berdi

13:05 08 Iyun 2024 Jamiyat
792 0

Foto: Videodan kadr

Ijtimoiy tarmoqlar orqali bozorda savdogar ayol va IIB xodimlari oʻrtasida nizo kelib chiqqani va xodimlar ayolni kuch bilan majmua hududidan olib chiqib ketayotgani tasvirlangan video tarqaldi. Holat yuzasidan Surxondaryo viloyati Shoʻrchi tumani hokimligi izoh berdi.

Bildirilishicha, voqea 2023-yilning sentyabr oyida Shoʻrchi dehqon bozorida sodir boʻlgan. Unda tuman IIB xodimlari bozorning oʻrtasida, yaʼni xaridorlar oʻtish-qaytish yoʻllarida oziq-ovqat mahsulotlarini chiqarib sotayotgan Х.А. (ayol) bilan tushuntirish ishlari olib borgan.

Holatni tushunishni istamagan sotuvchi IIB va PPX xodimlari tomonidan unga nisbatan rasmiylashtirilayotgan dalolatnomani olib yirtib tashlagan va ularni haqorat qilgan.

Shundan soʻng, Х.А. tuman IIB binosiga olib kelingan va tegishli qonuniy hujjatlar toʻplanib, unga nisbatan MJtKning 183-moddasi, 194-moddasi 1-qismi, 195-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Shuningdek, Jinoyat ishlari boʻyicha Shoʻrchi tuman sudi tomonidan Х.А.га nisbatan BHM 10 baravari yaʼni 3,3 million soʻm miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер