Hokimlar har hafta mehmonxona va dam olish maskanlari vakillari bilan uchrashib, ularning muammolarini hal qilib boradi

17:04 19 Sentyabr 2022 Siyosat
425 0

Foto: president.uz

Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi. 

Bundan buyon viloyat, tuman va shahar hokimlari haftasiga bir marta turoperator, mehmonxona va dam olish maskanlari vakillari bilan uchrashib, ularning muammolarini hal qilib boradigan tizim joriy qilinadi.

Soʻnggi yillarda turizm sohasi oldidagi 11 ta katta muammolardan 6 tasi hal qilindi. Xususan:

1) Sayyohlarga viza berish keskin liberallashtirildi.

2) Aeroportlarda navbatlar va tekshirishlarga barham berildi, yashil yoʻlaklar qilindi, vokzallarda ham qulay sharoitlar yaratildi.

3) Mehmonlar elektron roʻyxatdan oʻtkaziladigan boʻldi, ular erkin harakatlanishi uchun hamma sharoitlar yaratildi.

4) Valyuta ayirboshlashga cheklovlar bekor qilindi.

5) Mehmon oʻrinlari soni 3 barobarga koʻpayib, 125 mingtaga yetdi (2017-yilda 37 mingta edi).

6) turistik korxonalar uchun ijtimoiy soliq va aylanma soliq stavkalari 1 foiz etib belgilandi, yer soligʻi va mol-mulk soliq stavkalari 90 foizga kamaytirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?