“Xiva – turkiy dunyo madaniyat poytaxti” deb eʼlon qilingani munosabati bilan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi.

14:20 15 Sentyabr 2021 Madaniyat
1164 0

Xiva shahrida oʻtgan mazkur tadbirni bosh vazir oʻrinbosari, Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov ochib berib, ishtirokchi davlatlar vakillarini samimiy tabrikladi.

Shundan soʻng, tadbirda YuNESKOning Oʻzbekistondagi vakili Gabriella Ramos hamda «Turksoy» xalqaro tashkiloti direktori oʻrinbosari Bilol Chakiji soʻzga chiqib, Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Xiva shahar hokimi Temur Davletovga Xiva shahrining “Turkiy dunyo madaniyat poytaxti” deb eʼlon qilinganligi toʻgʻrisidagi sertifikatni tantanali ravishda topshirdi.

Maʼlumot oʻrnida keltirish lozimki, Oʻzbekistonning «Turksoy»ga aʼzo boʻlishi yurtimiz madaniyati va tarixini xalqaro miqyosda keng targʻib etishga xizmat qiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?