Hokim yordamchisi koʻp yillik muammoni viloyat rahbari yordamida hal qildi

Foto: Халқ сўзи
Fargʻona viloyati Uchkoʻprik tumaniga qarashli “Uchkoʻprik” mahalla fuqarolar yigʻinida ish boshlagan hokim yordamchisi Dilshod Daliyev hududdagi Shodlik mavzesi aholisini bir necha yildan buyon qiynab kelayotgan muammo boʻyicha viloyat rahbari Xayrullo Bozorovga murojaat qildi.
Gap shandaki, bu hududdagi ikki qavatli uyda yashovchi oilalar uyning yertoʻla qismida suv toʻplanib qolishidan koʻp yillar davomida aziyat chekib kelayotgan edi. Boisi ushbu koʻp qavatli uylarning yonidan oqib oʻtuvchi anhor bir necha yillardan buyon tozalanmagan, maxsus texnikalar yordamida tozalash uchun esa uning atrofiga noqonuniy uylar qurib olingani toʻsqinlik qilayotgandi.
Viloyat hokimi noqonuniy qurilgan uylarni buzish, xonadon egalari roziligi bilan daraxtlarni kesish, anhorni kovlab zaxni ketkazish boʻyicha soha masʼullariga topshiriq berdi. Shuningdek, maʼnan eskirgan uylar oʻrnida 5-7 qavatli koʻp qavatli uylar qurish, xonadon egalarini rozi qilgan holda tez fursatda qurilish ishlariga kirishish boʻyicha kelishib olindi.
Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbek va belarus kinoijodkorlari tomonidan “Osiyo arsloni” filmining suratga olish ishlari boshlandi
- OTMlarga qabul kvotalari eʼlon qilindi
- Germaniya tashqi ishlar vaziri Berbok Rossiyani oziq-ovqat urushi olib borayotganlikda aybladi
- Aholining naqd pulga boʻlgan talabini toʻliq qondirish uchun barcha imkoniyat va zaxiralar mavjud — Markaziy bank
- Peruda ayol oʻzining dafn marosimida qayta tirildi
- Oziq-ovqat allergiyasidan koʻproq bolalar aziyat chekadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring