Hokim yordamchilari tomonidan yanvar-iyun oylarida 1,4 mln fuqaro daromadli mehnat bilan bandligi taʼminlandi

11:18 25 Iyul 2022 Jamiyat
507 0

Foto: Arxiv surat

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi boshqarma boshligʻi Dilfuza Avloqulova maʼlum qildi.

Hokim yordamchilari tavsiyanomalari asosida 177 mingta loyihaga jami 4,4 trln. soʻm imtiyozli kredit va 24 mingdan ortiq ishsizga 60 mlrd. soʻm subsidiya ajratildi, 128 ming nafar aholi kasb-hunar va tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitildi:

— hokim yordamchilari tomonidan shakllantirilgan 25 mingdan ortiq “mahallabay” mikroloyihaning 9,5 mingtasi ishga tushirilib, 47 mingga yaqin ish oʻrni yaratildi;

— “bir mahalla-bir mahsulot” tamoyili asosida 3 051 ta ixtisoslashgan mahallalardagi 632 mingta aholi xonadonidagi 79 ming gektar yer maydonlaridan samarali foydalanish yoʻlga qoʻyildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?