Hokim bergan vaʼdasini bajardi

Foto: Xalq so‘zi
Bundan bir necha oy muqaddam Vobkent tumanida Buxoro viloyati hokimi B. Zaripov yoshlar bilan uchrashib, ularning maqsad va istaklari, muammo va tashvishlarini yaqindan oʻrgangan edi. Oʻsha muloqotda yosh ishtirokchilardan biri Vobkent tumanida Yoshlar markazi ochishga ehtiyoj borligi xususida toʻxtalgan, oʻz navbatida viloyat rahbari bu taklifni qoʻllab-quvvatlab, tez orada tumanda shunday maskan barpo etilishini bildirgandi.
Hokim bergan vaʼdasining ustidan chiqdi. Mustaqillik bayrami arafasida Vobkentda Yoshlar markazi oʻz faoliyatini boshladi. Viloyat Yoshlar jamgʻarmasidan ajratilgan mablagʻ evaziga rekonstruksiya qilingan bino zamonaviy jihozlar bilan taʼminlandi.
Bu yerda yoshlar biznes loyihalar tayyorlash, IT sohasidagi bilimlarini oshirish, bir soʻz bilan aytganda, vaqtlarini mazmunli oʻtkazish imkoniga egalar. Markazning tantanali ochilish marosimi shu boisdan vobkentlik yoshlarga bir olam quvonch bagʻishladi.
Maʼlumotlarga karaganda, hozir Vobkent tumanida 30 yoshgacha boʻlgan yigit-qizlar soni 76 ming nafardan ziyodni tashkil etadi.
Istam Ibrohimov, “Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- JSST yangi halokatli pandemiyaga tayyorlanishga chaqirdi
- 2024 yildan yangi uy sotib olganlarga QQSning yarmi qaytarib beriladi
- O‘zbekiston Prezidenti va Singapur Prezidenti muzokara o‘tkazdilar
- Shavkat Mirziyoyevning Chilonzor tumaniga tashrifidan fotoreportaj
- O‘zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan muhim tashabbuslarni ilgari surdi
- Buxoroda Kushon davriga oid devor qoldiqlari topildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring