Hisobotlar ochiqligi korrupsiyaviy holatlarning oldini oladi

16:36 08 Aprel 2022 Jamiyat
334 0

Foto: Халқ сўзи

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligida ayni shu mavzuda matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Unda suv xoʻjaligi tizimidagi tashkilotlar masʼullari jurnalistlar va blogerlarga OAV bilan yaqin hamkorlikda ish olib borilayotgani va sohaga oid axborotlar radio-televideniye, matbuot nashrlari va rasmiy veb-saytlar orqali keng jamoatchilikka yetkazilayotgani taʼkidlab oʻtildi. Shundan soʻng mavzu yuzasidan axborot berildi.

Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini taʼminlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni doirasida joriy etilgan tashkiliy mexanizm korrupsiyaviy holatlarning oldini olishda muhim oʻrin tutmoqda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan har chorakda moliyaviy hisobotlarning veb-saytga joylashtirib borilishi ayni muddao boʻlayotir.

— Farmonga muvofiq vazirlikning rasmiy-veb saytida alohida “Ochiq maʼlumotlar” sahifasi ochildi, — deydi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining Moliya-xoʻjalik boʻlimi boshligʻi Bahodir Primbetov. — Shakllantirilgan ochiq maʼlumotlar roʻyxati asosida vazirlik Moliya-xoʻjalik boʻlimining 6 yoʻnalishdagi moliyaviy hisobotlari “Ochiq maʼlumotlar” sahifasiga joylashtirildi. Shu bilan birga vazirlikning boshqa boʻlimlari faoliyatiga oid hozirgi kungacha jami 20 yoʻnalishdagi maʼlumotlar ham jamoatchilikka taqdim etildi. Moliyaviy hisobotlarni oʻz vaqtida keng jamoatchilikka onlayn eʼlon qilib borishi uchun tizim tashkilotlari bosh hisobchilarining bu boradagi masʼuliyatini oshirish maqsadida seminarlar tashkil qilmoqdamiz.

Gʻ. Otajonov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер