Hisoblagichlar faqat DXM va my.gov.uz orqali qiyoslovdan oʻtkaziladi

11:48 03 Avgust 2022 Jamiyat
221 0

Illustrativ foto

Hisobga olish uskunalarini qiyoslovdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari faqat DXM yoki YAIDXP orqali amalga oshiriladi.

Bunda, hisobga olish uskunalarini qiyoslash davriyligi:

yuridik shaxslar uchun – 4 yil;

jismoniy shaxslar uchun – 8 yilni tashkil etadi.

Hisoblagichni qiyoslashdan oʻtkazish davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun quyidagicha yigʻim undiriladi:

jismoniy shaxslardan (maishiy ehtiyojlar uchun elektr energiyasidan foydalanuvchi jismoniy shaxslardan tashqari) BHMning 20 foizi (60 ming soʻm);

hududiy elektr tarmoqlari korxonasidan (maishiy ehtiyojlar uchun elektr energiyasidan foydalanuvchi jismoniy shaxslar uchun) BHMning15 foizi (45 ming soʻm);

yuridik shaxslardan BHMning 1,5 baravari (450 ming soʻm) miqdorida.

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga belgilangan yigʻimning 50 foizi miqdorida chegirma qoʻllaniladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?