Hindistondagi xalqaro festivalda Oʻzbekiston turizm va hunarmandchilik salohiyati namoyish etilmoqda

21:07 07 Fevral 2023 Madaniyat
726 0

Hindistonning Xaryana shtatida «Surajkund International Crafts Mela» 36-Xalqaro hunarmandchilik festivali boʻlib oʻtmoqda.

Mazkur festivalda hunarmand, qoʻshiqchi va sozandalardan tashkil topgan Oʻzbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda va mamlakatimizning turizm salohiyati, boy hunarmandchiligi va madaniyatini targʻib qilmoqda.

Taʼkidlash kerakki, festivalda Oʻzbekiston pavilyoniga mahalliy va xorijlik sayyohlar tomonidan katta qiziqish bildirilmoqda. Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi raqqosalari ijrosidagi “Lazgi” ashula va raqs ansambli ham xorijlik turistlarni befarq qoldirmayapti.

Qayd etish joizki, festivalda har yili Hindistonning barcha mintaqalari va dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlari vakillari, shuningdek, 1,5 milliondan ortiq sayyohlar va mahalliy fuqarolar ishtirok etadi. Mazkur tadbir hunarmandchilik sohasidagi dunyodagi eng yirik festival-yarmarkalardan biri sanaladi.

Festival joriy yilning 20-fevraliga qadar davom etadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?