Hindistondagi daryo zaharli koʻpik bilan qoplandi

00:15 20 Oktyabr 2024 Dunyo
349 0

Hindistonning asosiy daryolaridan biri Yamuna botqoqqa aylanish arafasida. Nyu-Dehli havosi shunchalik ifloslanganki, suvning butun yuzasi koʻpik bilan qoplangan.

Mahalliy va xorijiy OAV maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻpik zaharli hisoblanadi.

Maʼlumot uchun, Yamuna — Gang daryosining eng katta irmogʻi. Bu dunyodagi eng iflos daryolardan biri hisoblanadi. Chiqindilarning katta qismi Hindiston poytaxti yaqinidagi Yamunaga toʻgʻri keladi. Hukumat 2025-yil fevraligacha daryoni choʻmilish meʼyorlariga yetkazishni rejalashtirmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?