Hindistondagi bank kiberjinoyat qurboni boʻldi

15:37 11 Sentyabr 2022 Dunyo
859 0

Foto: Arxiv surat

Hindistondagi “Union Bank”ning Davaraka Nagar filiali mijozi hisoblangan Avtoagentlik hisobidan 29.18 mln. AQSH dollari pul mablagʻlari agentlikning xabarisiz ofshor hisob raqamga oʻtkazib yuborilgan.

Politsiya tomonidan olib borilgan surishtiruvlar davomida bank filiali xodimining “Whatsapp” messenjeri orqali yuborilgan dastur bilan bank tizimiga kirishga muvofiq boʻlingan. Natijada, bank mijozi zarar koʻrgan.

Politsiya tomonidan mazkur jinoyatni sodir etgan shaxslarni aniqlash boʻyicha tergov ishlari olib borilmoqda.

Eng achinarlisi shundaki, Hindiston politsiyasining kiberjinoyatlarni profilaktika qilish boʻlimi xodimlari tomonidan mazkur holat sodir etilishidan 4 kun avval shu bankda profilaktik tadbirlar oʻtkazilgan boʻlib, unda koʻpchilik xodimlarning qatnashmaganligi aniqlangan. Bank boshqaruvchisining masʼuliyatsizligi sababli mijozlarning zarar koʻrishiga olib keldi deb xabar berilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?