Hindistonda prezident saylovi boʻlib oʻtmoqda

10:14 18 Iyul 2022 Dunyo
622 0

Foto: Illustrativ foto

Hindistonning amaldagi prezidenti Ram Nat Kovindning vakolat muddati 24-iyulda tugaydi.

Joriy yilning 18-iyul kuni mahalliy vaqt bilan 10:00 dan boshlab barcha darajadagi deputatlar (jami 4800 nafar) Hindistonning yangi 16-prezidentini saylaydilar.

Hindiston saylov qonunchiligiga koʻra prezident 5 yil muddatga saylanadi. Ram Nat Kumar 2017-yilgi saylovda 65 foiz ovoz olgan.

Bu yil saylovda Drapadi Murmu hamda Yashvant Sinha nomzodlari prezidentlik oʻrni uchun kurashmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?