Hindistonda Xalqaro kurash assotsiatsiyasi Ijroiya qoʻmitasi yigʻilishi boʻlib oʻtdi

18:54 24 Noyabr 2022 Sport
365 0

Hindistonning Puna shahrida kurash boʻyicha jahon chempionati start olmoqda. Musobaqa arafasida Xalqaro kurash assotsiatsiyasi (IKA)ning Ijroiya qoʻmitasi yigʻilishi oʻtkazildi.

Mazkur tadbirda ortda qolgan yil sarhisoblari qilinib, kelgusi yil rejalari koʻrib chiqildi. Ushbu anjumanda Xalqaro kurash assotsiatsiyasi rahbariyati, Ijroiya qoʻmitasi aʼzolari qatorida Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov, Oʻzbekiston Respublikasining Hindiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Dilshod Axatov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, IKAning oʻzbekistonlik vitse-prezidentlari Komil Roʻziyev (bir vaqtda Osiyo-Okeaniya kurash assotsiatsiyasi rahbari), Ziyovuddin Hojiniyozov, Sherzodxon Qudratxoʻja, shuningdek, Xalqaro kurash instituti rektori Habibullo Tojiyev, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi vakili Sardor Karimov ham ishtirok etishdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?