Hindistonda yoʻlovchi poyezdi relsdan chiqib ketdi. Qurbonlar bor

23:49 13 Yanvar 2022 Dunyo
392 0

Foto: NDTV

Hindiston sharqidagi Gʻarbiy Bengaliya shtatida yoʻlovchi poyezdi relsdan chiqib ketgan. Bu haqda mahalliy NDTV telekanali xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, poyezdning kamida beshta vagonlari temir yoʻl izlaridan chiqib ketgan. Natijada oʻnlab odamlar agʻdarilib ketgan vagonlar ichida qolib ketgan. Qayd etilishicha, hodisa oqibatida kamida uch kishi halok boʻlgan. Yigirmadan ortiq kishi tan jarohati olgan.

Maʼlum qilinishicha, ogʻir tan jarohati olgan fuqarolarga yuz ming rupiy (taxminan 1,3 ming dollar), yengil jarohatlanganlarga esa 25 ming rupiy (taxminan 330 dollar) miqdorida tovon puli toʻlanadi. Halok boʻlgan yoʻlovchilarning oila aʼzolariga 500 ming rupiydan (taxminan 6,7 ming dollar) beriladi.

Hodisa sabablari oʻrganilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?