Hindiston rossiyalik sayyohlar uchun cheklovlar joriy qilmoqda

00:47 18 Mart 2023 Dunyo
710 0

Foto: AP

Endilikda rossiyaliklar Hindistonda sayyohlik vizasi bilan yiliga 180 kundan koʻp boʻlmagan muddatga qolishlari mumkin boʻladi.

Hindiston hukumati Rossiya fuqarolarining elektron turistik vizalar boʻyicha mamlakatda boʻlish qoidalarini yangiladi.

Yangilangan qoidalarga koʻra, ruslarga bir kalendar yilida mamlakatda 180 kundan ortiq boʻlmagan muddatga qolishga ruxsat beriladi.

Diplomatik missiyaning aniqlik kiritishicha, elektron vizalar amal qilishiga oid yangi qoidalar Hindiston Ichki ishlar vazirligining Immigratsiya byurosi tomonidan taqdim etilgan.

“Xususan, elektron turistik vizalar boʻyicha Rossiya fuqarolarining Hindistonda doimiy boʻlish muddati 90 kundan, bir kalendar yilidagi umumiy boʻlish muddati esa 180 kundan oshmasligi kerak”, deyiladi elchixona xabarida.

Ilgari Hindiston mamlakatda qolishning umumiy muddatini cheklamagan. Elektron sayyohlik vizasi bilan mamlakatda yiliga 180 kundan ortiq qolish mumkin edi. Bu yangiliklar bir qator boshqa mamlakatlar fuqarolariga ham tegishli.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер