Hindiston parlamenti milliy kriptovalyutani yaratish ustida ish olib bormoqda

00:40 24 Noyabr 2021 Dunyo
505 0

Illyustrativ foto

Hindiston kriptovalyutalarni tartibga solish boʻyicha qonun loyihasini tayyorlamoqda. Loyiha 29-noyabrda boshlanadigan Hindiston parlamentining navbatdagi sessiyasida taqdim etiladi.

Bugun, 23-noyabr kuni qonun loyihasining tavsifi parlamentning veb-sahifasida eʼlon qilindi. Unga koʻra, Bosh vazir Narendra Modining hukumati markaziy bankka rasmiy raqamli valyutani yaratishni taklif qilmoqda.

“Qonun loyihasi, shuningdek, Hindistondagi barcha xususiy kriptovalyutalarni taqiqlashga qaratilgan, biroq, u kriptovalyutaning asosiy texnologiyasini va undan foydalanishni targʻib qilish uchun baʼzi istisnolarga imkon beradi”, deyiladi xabarda.

Parlament vakillarining soʻzlariga koʻra, qonun loyihasini ishlab chiqish jarayonlari hali yakunlangani yoʻq. Hindiston Moliya vazirligi esa vaziyatga munosabat bildirmadi.

Hindiston 2018-yilda kripto tranzaksiyalarini amalda taqiqladi, biroq Oliy sud 2020-yil mart oyida bu cheklovni bekor qildi. Hindiston markaziy banki xususiy virtual valyutalarga qarshi. Gubernator Shaktikanta Dasning fikricha, Hindiston kriptovalyutalar masalasida chuqurroq muhokamalarga muhtoj.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?