Hindiston Isroil va Falastin mojarosida qaysi davlatni qoʻllab-quvvatlashini maʼlum qildi

Hindiston ham Isroil va Falastin mojarosida jangovar harakatlarni zudlik bilan toʻxtatishga chaqirdi.
BMT Xavfsizlik Kengashining yigʻilishida Hindiston Falastinni qoʻllab-quvvatlashini bildirdi.
Hindistonning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi doimiy vakili, elchi Tirumurti oʻz nutqida Hindiston Falastinni qatʼiy qoʻllab-quvvatlashini va soʻnggi bir necha kun ichida sodir boʻlgan voqealar xavfsizlik bilan bogʻliq vaziyatning keskin yomonlashishiga olib keldi deya taʼkidladi.
“Biz ikkala tomonni ziddiyatni kuchaytiradigan harakatlardan voz kechishga, shu jumladan, Sharqiy Quddus va uning mahallasida bir tomonlama oʻzgartirish urinishlaridan tiyilishga chaqiramiz”, degan elchi.
Ayni paytda, Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Gʻazoda Falastinning “XAMAS” jangarilariga qarshi harbiy operatsiya toʻliq kuch bilan davom etishini bildirgan.
“Biz tinchlikni tiklash uchun harakat qilamiz... Bu vaqt talab etadi”, dedi Isroil bosh vaziri.
Oʻz navbatida, BMT Bosh kotibi Antonio Guterrish Isroil va Falastin oʻrtasidagi mojaroni zudlik bilan toʻxtashga chaqirdi.
Tirumurti BMT yigʻilishida Gʻazodan ham raketa otilishini qoraladi.
Uning soʻzlariga koʻra, Gʻazoga qilingan javob zarbalari katta talafotlarga va oʻlimlarga sabab boʻlgan.
“Ushbu voqealar yana bir bor Isroil va Falastin hukumati oʻrtasidagi muloqotni zudlik bilan tiklash zaruratini talab qilmoqda. Tomonlar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri va mazmunli muzokaralarning yoʻqligi tomonlar oʻrtasidagi ishonch putur yetkazmoqda”, deydi u.
Ikki mamlakat oʻrtasida mojarolar boshlangandan beri Gʻazo 200 nafarga yaqin odam halok boʻlgan. Isroil tomoni 10 kishi, shu jumladan, ikki bola vafot etgani haqida xabar bergan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Germaniyaning yirik neft va gaz kompaniyasi Rossiyani butunlay tark etishga qaror qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring