Hech qachon unutmang, saylash va tanlash huquqi — Sizning qoʻlingizda — Shavkat Mirziyoyev 

13:20 09 Sentyabr 2021 Siyosat
565 0

— Men doimo ezgulikka, adolat va maʼrifatga intilib yashaydigan ana shunday buyuk xalq farzandi ekanimdan, cheksiz faxrlanaman, — dedi Shavkat Mirziyoyev OʻzLiDeP syezdida. — Barcha islohotlarimizni doimo qoʻllab-quvvatlab, ularni amalga oshirishda hal qiluvchi kuch boʻlib kelayotgan, oʻzini ayamasdan qahramonlarcha mehnat qilayotgan olijanob xalqimga, farzandlik mehri va sadoqati bilan chin dildan, taʼzim qilaman.

Vatanimizning bugungi va ertangi taqdiri, farzandlarimizning kelajagi Sizlarning ushbu saylovdagi ongli ishtirokingizga, fuqarolik pozitsiyangizga bogʻliq.
Ishonaman, bu saylov, Sizlarning faol ishtirokingiz bilan, bugun biz intilayotgan Yangi Oʻzbekiston, Uchinchi Renessans sari tashlangan, yana bir ulkan amaliy qadam boʻladi.

Hech qachon unutmang, saylash va tanlash huquqi — Sizning qoʻlingizda.

Kelajak uchun masʼuliyat esa – barchamizning zimmamizda.

Ana shunday buyuk hissiyot, ishonch-eʼtiqod bilan harakat qilsak, bizdan xalqimiz ham, kelajak avlodlar ham, albatta rozi boʻladi.

Yangi Oʻzbekistonimiz har tomonlama taraqqiy topgan, gullab-yashnagan goʻzal mamlakatga aylanadi.

Barchangizga shu ezgu yoʻlda sihat-salomatlik, oilaviy baxt, shaxsiy hayotingiz va faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.

Yana bir bor katta rahmat sizlarga!

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?