“Hech kim oʻlmasligi kerak!” Koʻngillilar Hindiston koʻchalarida kislorod lagerlarini tashkil etishmoqda

02:30 05 May 2021 Dunyo
428 0

Hindistonda koronavirus bilan zararlanganlar soni 20 million nafardan ortib ketdi. Soʻnggi 24 soat ichida mamlakatda yana 350 mingdan ortiq yangi holatlar aniqlangan.

Mahalliy shifoxonalar anchadan beri bosimga dosh berolmayapti. Yotoq joylar, dori-darmon va kislorod yetishmasligi kuzatilmoqda. Shu bois koʻngillilar lagerlarni tashkil etib, kasalxonalarga joylasha olmayotgan odamlarga yordam koʻrsatishga kirishgan. Ular koʻchalarda hayot bilan kurashayotgan insonlarni qutqarishga, ularni kislorod bilan taʼminlashga harakat qilmoqdalar.

“Hech kim kislorod etishmasligidan oʻlmasligi kerak! Hozirgi kunda bu millionlab odamlarga kerak boʻlgan yagona narsa. Agar kislorod kasallarga mavjud boʻlsa, ular omon qoladi. Shuning uchun biz butunlay bepul kislorod lagerlarini tashkil etdik. Hech kimdan pul olmaymiz, va hatto lagerga kelishga qodir boʻlmagan bemorlarga ham yordam koʻrsatamiz”, deydi Gurprit Singx Rami.

Turli mamlakatlar Hindistonga koronavirus inqirozidan chiqish uchun yordam bermoqda. Bortida insonparvarlik yuklari boʻlgan samolyotlar tez-tez ushbu mamlakatga kelib qoʻnmoqda. Jumladan, Oʻzbekiston ham ushbu mamlakatga gumanitar yordam yuborgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?