Haj va umra ishlari vaziri Oʻzbekistonga tashrif buyurdi

15:29 28 Sentyabr 2022 Siyosat
676 0

Joriy yilning 27-sentyabr kuni Saudiya Arabistoni Podshohligi Haj va umra ishlari vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabia boshchiligidagi delegatsiya mamlakatimizga tashrif buyurdi. Martabali mehmonlarni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Muzaffar Komilov, Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi Sodiqjon Toshboyev, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov va bir guruh mutasaddilar kutib oldi

Mazkur tashrifdan asosiy maqsad – Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni Podshohligi oʻrtasidagi hamkorlik munosabatlarini takomillashtirish, ayniqsa, diniy-maʼrifiy, ilmiy-tadqiqot, turizm, transport sohasidagi aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?