Hayotni sugʻurtalash barcha sugʻurta xizmatlarining deyarli uchdan bir qismini tashkil qilgan

16:33 11 Avgust 2022 Jamiyat
261 0

Illustrativ foto

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekistonda umumiy moliyaviy xizmatlar tarkibida sugʻurta xizmatlari 7,2 % ni tashkil etdi.

Sugʻurta xizmatlari tarkibida hayotni sugʻurtalash xizmatlari 29,6 % ni tashkil etgan.

Baxtsiz hodisalardan sugʻurtalash, tibbiy sugʻurta, transport vositalari sugʻurtasi, mol-mulkni sugʻurtalash va boshqa sugʻurta turlari 58,6 % ni tashkil etdi.

2022-yilning 6 oyida sugʻurta xizmatlarining umumiy hajmida qayta sugʻurtalash boʻyicha xizmatlar 11,8 % ga ega.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?