Hayot bor ekan, sinov bor, qiyinchilik bor. Eng muhimi, bu sinovlarni matonat bilan yengib oʻtishimizda — OʻzMU rektori

Arxiv surat
Bugun vatandoshlarimiz eng ulugʻ, eng aziz bayramimiz — Mustaqillik kunini keng nishonlashmoqda.
Yangi davr, ozod va erkin hayotimiz boshlangan bu qutlugʻ sanada xalqimiz qanday mashaqqatli va ayni vaqtda sharafli yoʻlni bosib oʻtganini barchamiz yaxshi his etamiz.
Va, eng asosiysi, bugun xalqimiz ruhiyatidagi oʻzgarishlar, shukronalik tuygʻulari yurtimizga fayzu-baraka olib kelmoqda.
Kuni kecha muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, mehnat faxriylari hamrohligida Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.
Soʻnggi yillardagi yurtimizda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, ilm-fan sohasidagi islohotlar, taʼlimga boʻlayotgan eʼtibor va uning asosida qabul qilinayotgan dasturlar yoshlarimizning toʻkis hayoti, jonajon Oʻzbekistonimizning yangi, obod qiyofasini yaratish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.
Birgina universitetimizda 2020-2021 oʻquv yili uchun ikkita yangi fakultet, qator yangi yoʻnalishlar, qoʻshma dastur, qoʻshma fakultetlarning ochilishi, xorijlik olimlar hamkorligi, fan, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasining keng yoʻlga qoʻyish borasida amalga oshirilayotgan loyihalar ham taʼlimdagi islohotlarning, yangilanishlarning samarasidir.
Hukumatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, barcha saʼy-harakatlar, obodlik, bunyodkorlik va xalqimiz hayotini yaxshilashga qaratilgandir.
Vatanimiz mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan davlatimizning yuksak unvonlari, orden va medallari bilan taqdirlangan hamkasblarimiz yutuqlari bizga kuch, shijoat va faxr tuygʻusini berdi. Talabalarimiz ham ustozlari izidan borib, yuksak eʼtiroflarga sazovor boʻlganliklaridan biz sharaf tuydik.
Ustozlarimizni fidokorona mehnatlarining bu eʼtirofi ham yurtimizda ilm-fanga boʻlgan eʼtibor deb bilamiz.
Sogʻlik va tinchlik boʻlsa barcha ishlarimiz, katta rejalarimizni amalga oshiramiz. Hozirgi global dunyoda bu juda murakkab vazifa boʻlib qolayotganini barchamiz koʻrib-bilib turibmiz. Hayot bor ekan, sinov bor, qiyinchilik bor. Eng muhimi bu sinovlarni matonat bilan yengib oʻtishimizda. Pandemiya biz istaymizmi yo yoʻqmi oldimizga turmush tarzimiz, rejalarimizni kutilmagan vaziyatlarda yangi tizimga solib olishimizga sabab boʻlmoqda. Mana shu kunlarda maktablarimizdagi taʼlim jarayonini izga solishda ota-onalarning fikr- mulohazalari, joylardagi mavjud vaziyatdan kelib chiqib, qarorlar qabul qilinishining oʻzi ham mavjud vaziyatga real qarash, ochiqlik, koʻpchilikning fikrlarini oʻrganib, kengashish orqali yondashuvlar boʻlayotganidan dalolat bermoqda.
2020-yil hayotimizda tub islohotlar, ulkan bunyodkorlik ishlari va sinovlarni sabr bilan yengib oʻtishimiz imtihon boʻladigan yil boʻldi. Xalqimizning buyukligi shundaki, yaratganning har bir sinovida hikmat koʻrmoqda. Bu haqiqatni shu kunlarda yana-da chuqur his etmoqdamiz.
Fursatdan foydalanib, barchangizni Oʻzbekiston davlat mustaqilligining yigirma toʻqqiz yillik bayrami bilan yana bir bor chin qalbdan samimiy tabriklayman.
Xonadonlaringizga fayzu-baraka, tinchlik, har biringizga mustahkam sogʻlik tilayman.
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, mustaqilligimiz abadiy boʻlsin!
Avazjon Maraximov, Oʻzbekiston Milliy universiteti rektori, professor
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- Ibn Sino haqmidi? Olimlar Italiyaning Jilyo oroli aholisida orasida birorta koronavirus qayd etilmaganiga izoh berdi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
- Oʻquvchilar oʻrtasida matematika boʻyicha “Qoʻqon olimpiadasi” oʻtkaziladi. Gʻoliblarga "Neksiya" va “Kobalt” beriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring