“Havotogʻ”da sogʻlomlashtirish markazi ish boshladi

Foto: Xalq so‘zi
Jizzax viloyati Yangiobod tumani “Havotogʻ” mahalla fuqarolar yigʻini hududida 82 oʻringa moʻljallangan mehmonxona va sogʻlomlashtirish markazi qurilib foydalanishga topshirildi.
— Tadbirkorlarga berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanib yurtimizning eng chekka qishloqlarida ham mana shunday soʻlim maskanlar barpo qilinayotgani turizm sohasini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda,— deydi “Hayr Havotogʼ» masʼuliyati cheklangan jamiyat rahbari, tadbirkor Muhammadxayrullo Qayumjonov. — Havotogʻning jozibadorligi, havoning musaffoligi, bu yerdan tabiiy holda chiqadigan maʼdanli suvning shifobaxshligi mana shunday zamonaviy markazni ochishga undadi. Shu orqali 50 ta ish oʻrni yaratildi.
Markazning taqdimot marosimi ishtirokchilari bu yerda amalga oshiriladigan yangi loyiha bilan ham tanishtirildi. Gap shundaki, 2023-yilning boshida “Hayr Havotogʼ» MCHJ tomonidan loyiha qiymati 1,5 million AQSH dollarlik mineral suv ishlab chiqarish zavodi qurilishi boshlanadi. Loyiha quvvati oyiga bir va yarim litrlik 180 ming dona shifobaxsh mineral suv ishlab chiqarishni oʻz ichiga oladi.
Tolibjon ERGASHEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring