Havo haroratining keskin pasayishi va qor yogʻishi munosabati bilan tabiiy gaz isteʼmoli sezilarli darajada oshmoqda

08:01 06 Dekabr 2022 Jamiyat
865 0

Foto: Arxiv surat

«Hududgaztaʼminot» AJ axborot xizmati maʼlum qilishicha, 4-dekabrda mamlakat aholisiga (3,9 milliondan ortiq isteʼmolchiga) 68 mln kub metr tabiiy gaz yetkazib berildi. (2021-yil 4-dekabrda — 55,8 mln kub metr, yaʼni joriy yil 21% ga koʻproq yetkazib berildi).

Shunga qaramay 516 ta mahallada yoki 79 ming isteʼmolchida gaz bosimining pasayishi kuzatildi, 14 ming isteʼmolchida esa gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatildi.

“Aholi va ijtimoiy soha obyektlarni «zangori” yoqilgʻi bilan taʼminlash maqsadida «Hududgaztaʼminot» tomonidan 10 mingdan ortiq soha xodimlari jalb qilinib, ular mahallalar kesimida muammolarni hal qilish uchun barcha saʼy-harakatlarini ishga solmoqdalar. Xususan, “Binokor” va „Bektemir» gaz taqsimlash stansiyalarida chiqish bosimini oshirish ishlari olib borilmoqda va bu poytaxtning Chilonzor, Uchtepa, Shayxontohur, Yakkasaroy, Mirobod va Sergeli tumanlarida tabiiy gaz bosimining yaxshilanishiga imkon beradi», — deyiladi xabarda.

“Fursatdan foydalanib, barcha isteʼmolchilarni «zangori” yoqilgʻi bilan taʼminlash maqsadida «Hududgaztaʼminot» hurmatli fuqarolardan tabiiy gazdan oqilona foydalanishlarini va birinchi navbatda zarur boʻlgan gaz jihozlarini ishlatishni, uydan chiqib ketayotganda esa isitish moslamalarining haroratini iloji boricha pasaytirishni iltimos qiladi», — deyiladi bayonotda.

Barcha murojaatlar, shikoyatlar va takliflar 1104 call-markazi va 104 dispetcherlik xizmati raqamlari, shuningdek, Facebook ijtimoiy tarmogʻida gaz taʼminoti bilan bogʻliq muammolarni hal qilish uchun ochiq guruhi orqali qabul qilinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер