Harorati yuqori va koronavirusga chalingan abituriyentlar uchun qayta test sinovi tashkil etish tartibi tasdiqlandi

“COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashish tadbirlarini inobatga olib 2021-2022-oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalari bakalavriatiga kirish uchun test sinovlarini oʻtkazishda sanitariya-epidemiologiya talablarini belgilash tartibini tasdiqlash haqida” Davlat test markazi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati (SEO va JS) ning qoʻshma qarori qabul qilindi.
Unga koʻra tana harorati 37 C dan yuqori boʻlgan va test sinovlariga kiritilmagan abituriyentlarga test sinovlari oʻtkazilayotgan hududda Davlat test markazi hamda SEO va JS vakili tomonidan dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Davlat test markaziga koronavirus kasalligi tasdiqlanib, davolanayotgan abituriyentlar yoki ularning vakillari tomonidan respublika boʻyicha test sinovlari toʻliq yakunlangan (16-avgust) ga qadar onlayn ariza va tegishli hujjatlar bilan murojaat qilganlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar test sinovlari toʻliq yakunlangandan soʻng 3 kun ichida SEO va JSga tekshirish uchun taqdim etiladi.
Bunda abituriyentlar yoki ularning vakillari arizani (tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda) covid@dtm.uz elektron pochta manziliga yuborishlari mumkin.
SEO va JS tomonidan arizalar oʻrganilib, haqiqatdan kasalligi tasdiqlangan abituriyentlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Davlat test markaziga 3 kun muddatda qayta taqdim etiladi.
Test sinovlari toʻliq yakunlangandan soʻng 14 kun ichida mazkur toifadagi abituriyentlar uchun qayta test sinovlari tashkil etiladi.
Bunda oʻrnatilgan tartibda ariza bilan murojaat qilgan va toʻliq sogʻaygan abituriyentlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar SEO va JS tomonidan test sinovlari boʻlib oʻtadigan kundan 4 kun avval Davlat test markaziga taqdim etiladi.
Qayta tashkil etilgan test sinovlarida tana harorati 37 C dan yuqori boʻlgan va test sinovlariga qadar toʻliq sogʻaymagan abituriyentlar uchun boshqa test sinovlari tashkil etilmaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring