Harir matolar: milliylik va zamonaviylik uygʻunligi

Foto: Hasan Paydoyev/“Xalq soʻzi”.
Said Rahmonov, “Xalq soʻzi online” xabar qiladi. Ayni paytda “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasining koʻrgazmalar zali ipakchilik sanoati, moda olamining eng yirik mutaxassislari bilan gavjum. Sababi, bu yerda “Ipak va moda” xalqaro ipakchilik koʻrgazmasi hamda ipakli matolardan tikilgan liboslar namoyishi boshlandi.

Tadbirni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Tanzila Norboyeva ochib berdi.

U bugun oʻzbek ipakchiligi rivojlanishning yangi bosqichiga chiqayotganini, xalqaro aloqalar mustahkamlanib borayotganini alohida taʼkidladi. “Soʻnggi paytda sohada koʻplab loyihalar amalga oshirilib, har bir tumanda xotin-qizlar uchun mavsumiy va doimiy ish oʻrinlari yaratilmoqda. Natijada koʻplab qiz-juvonlarimiz bandligi taʼminlanmoqda. Biz bilan mustahkam hamkorlik qilayotgan uyushma rahbariyati va soha fidoyilariga minnatdorlik bildiraman”, dedi u pirovardida.

— Bugungi tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad mamlakatimiz pillachilik tarmogʻida amalga oshirilayotgan innovatsion loyihalar, yangi ipak mahsulotlarini keng jamoatchilikka tanishtirishdir, — deydi “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi raisi Bahrom Sharipov. — Shu bois bu safar uyushma tarkibidagi deyarli barcha qayta ishlash korxonalarini jalb qilganmiz. Chet ellik hamkorlarimiz, xalqaro tashkilotlar vakillari tashrif buyurgan. Oʻylaymanki, bu kelgusida yangi loyihalar ustida oʻzaro fikr fikr almashish imkonini beradi.
Xalqaro toifadagi dizaynerlarning atlas, adras, shohi kabi milliy matolar asosida yaratgan liboslar kolleksiyasi taqdimoti bayramona tus oldi.

Unda oʻzbek estradasi vakillarining shoʻx kuy-qoʻshiqlari sadosi ostida nafis hamda jilvakor liboslar namoyish etilmoqda. Ularga boqib, harir va kamalaktus matolarning milliylik hamda zamonaviylik bilan mohirona uygʻunlashuviga guvoh boʻlasiz. Milliy matolarimizdan jahon podiumlariga chiqishga loyiq kolleksiyalar yaratgan iqtidor egalariga tasanno aytgingiz keladi.

Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Oʻzbekiston Energetika vazirligi va “Gazprom” kompaniyasi oʻrtasida gaz sohasida hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritasi” imzolandi
- Davlat rahbari yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring