Harbiylar «Norindaryo» koʻprigi qurib bitkazilgunga qadar aholi uchun vaqtincha koʻprik koʻtardi

Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari Namangan viloyatining Uychi hamda Norin tumanlari orasidagi daryo oʻzani uzra koʻrik qurishga kirishdi. Bu haqda vazirlikning Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, Fargʻona halqa yoʻlining 93-kilometrida joylashgan ushbu ikki tumanni viloyat markazi bilan bogʻlab turuvchi «Norindaryo» koʻprigida bundan 2—3 oy darz ketish alomatlari sabab harakatlar toʻxtatilgan. Mazkur koʻprik 1962-yilda foydalanishga topshirilgan boʻlib, qariyb 60 yilga yaqin vaqt davomida xalqqa xizmat qilib kelgan. Bugungi kunda minglab fuqarolar ishga, oʻqishga, bozorga hamda oʻzlarining boshqa ehtiyojlari yoʻlida daryoni qayiq orqali kesib oʻtib oʻtmoqda.
Mudofaa vazirligi koʻprik bitgunga qadar aholiga qulaylik yaratish, uzogʻini yaqin qilish maqsadida vaqtinchalik koʻprik qurishga kirishdi.
Ayni vaqtda Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari Muhandislik qoʻshinlari xizmatining bir guruh mutaxassislari maxsus texnikalar yordamida koʻprikni qurish ishlarini amalga oshirmoqda. Daryo uzra qad koʻtarayotgan koʻprik uzunligi 40 metrni, eni esa — 3,8 metrni tashkil etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- Surxondaryo viloyat hokimligi binosida AKT xodimi kaltaklangani haqidagi xabarga munosabat bildirildi
- Prezidentga sheʼr oʻqib bergan talaba Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilindi
- Ibn Sino haqmidi? Olimlar Italiyaning Jilyo oroli aholisida orasida birorta koronavirus qayd etilmaganiga izoh berdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring